2019-yilning 24-mart kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yashovchi fuqaro G‘.Sh. baxtsiz hodisa sababli vafot etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
G‘.Sh. uyida “Kamaz” rusumli yuk avtomashinaning yoqilg‘i bakini payvandlayotgan vaqtida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan, buning oqibatida yoqilg‘i baki yorilib ketgan. G‘.Sh. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)