14—16-mart kunlari IV Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va musiqa festivali o‘tkazildi. Bu haqda Fransiya elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona, Andijon, Urganch, Jizzax, Bo‘stonliq, G‘ijduvon, Parkent, Vobkent, Marhamat, Dehqonobod, To‘raqo‘rg‘on va Yuqorichirchiq talabalari va o‘quvchilarining 39 jamoasi qatnashgan.
Festival Fransiya elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Davlat yoshlar teatri bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.
Teatr rejissyori va aktyori Obid Abdurahmonov, fransuz tili o‘qituvchisi Yuliya Mrachkovskaya, elchixona ta’lim hamkorligi attashesi Sofi Jindt hamda fransiyalik stajor Rafael Luve dan iborat va elchixona madaniyat va hamkorlik ishlari bo‘yicha maslahatchisi Emili Dezormier xonim boshchiligidagi hakamlar hay’ati qarori asosida jamoalar va eng yaxshi aktyorlar 11 ta Molyer bilan taqdirlandi.
Izoh (0)