Kuni kecha Yangi Zelandiyadagi teraktda halok bo‘lgan 20 dan ortiq qurbonning jasadi yaqinlariga yetkazilgan, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Eslatib o‘tamiz, hujum 15-mart kuni sodir etilgan bo‘lib, uning oqibatida ikki masjidda o‘qqa tutilgan 50 kishi halok bo‘lgan, yana 50 kishi jarohat olgan.
Uch nafar gumondor hibsga olingan. Ayblov ulardan faqat bir nafariga qo‘yilgan — 28 yoshli Avstraliya fuqarosi Brenton Tarantga.
Izoh (0)