Malayziyalik Edvin Ong Vi Ki Dubay amiri tomonidan tashkil qilingan Hamdan International Photography Award xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘ldi. U qo‘lida bola ko‘targan vyetnamlik ayolning rasmi uchun 120 ming dollar yutib oldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Hakamlar hay’ati tarkibida shayx Muhammad bin Rashid al Maktumning o‘zi ham bo‘lgan. U va Dubay madaniyat va san’at boshqarmasi vakili fotograf “keskin davrni” suratga olganini ta’kidlagan.
“Rasmda nutqidagi muammolarga qaramay, umidini saqlab qolgan va farzandlariga ishonch tuyg‘usini bag‘ishlay olgan onalik hissi tasvirlangan” — deyiladi izohlardan birida.
Mukofotni topshirish marosimidan so‘ng, PDN Pulse fotoblogi mualliflari “jahon hamjamiyati uchun ochiq bo‘lgan eng katta tanlov” mukofotini professional bo‘lmagan fotograf qo‘lga kiritganidan shikoyat qilgan.
Fotosuratchilarning fikriga ko‘ra, malayziyalik g‘olib an’anaviy Xitoy tibbiy klinikasida shifokor bo‘lib ishlaydi. Edvin Vyetnamga foto safari davomida kutilmagan to‘xtash payti tasodifan shu suratni olganini aytgan.
18-mart kuni Street Photo Bangladesh jurnali asoschisi Ab Rashid, shuningdek, sayohatga u ham borganini, kamera ortida taxminan yana 10 kishi o‘z kamerasi bilan yig‘ilganligini ko‘rsatgan. Tanlovda g‘alaba qozongan fotosurat tasodifiy emas, balki sahnalashtirilgan — mahalliy aholi fotosessiya kabi bir narsa uyushtirgan bo‘lgan.
Izoh (0)