Mainichi Shimbun gazetasining xabar berishicha, po‘lat troslar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning 92 yoshli rahbari Naotosi Yamada so‘nggi 14 ta yozgi Olimpiya o‘yinlarining birortasini ham o‘tkazib yubormagan.
U hattoki 1980-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan Olimpiada musobaqasida ham ishtirok etgan. Zero, Afg‘onistondagi voqealar sabab Yaponiya ushbu musobaqaga boykot e’lon qilgandi.
U Olimpiya o‘yinlariga muxlisligi va milliy terma jamoasiga sodiqligi sabab dunyodagi eng mashhur muxlisga aylandi.
Yamadaning har bir o‘yinlarga tashrifi chog‘ida egnida 1964-yilgi Yaponiya Olimpiya terma jamoasi namunasidagi kurtka va boshida oltin rangli, silindr ko‘rinishidagi shlyapasi bo‘lgan.
Yamadaga ko‘ngliga tugib qo‘ygan orzularidan biri — “Olimpiya o‘yinlariga borishni davom ettirish, ya’ni 2020-yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpidaga muxlis sifatida tashrif buyurish” baxti nasib etmadi.
Uning dafn marosimi oila a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Muxlislar bilan xayrlashuv marosimi esa 16-aprel kuni Tokioda bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)