Markaziy Osiyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi — 71 yil. Kaktakto mintaqada o‘limning asosiy sabablarini aniqladi.
Buning uchun to‘rt respublikaning milliy statistika qo‘mitalari ma’lumotlari tahlil qilindi. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot aniq emas.
Qozog‘iston
2017-yilda 129 ming nafar qozog‘istonlik vafot etgan. O‘limning barcha sabablari orasida birinchi navbatda qon kasalliklari — 31,5 ming holat.
Ikkinchi o‘rinda nafas olish organlari kasalliklar (16,6 ming holat), uchinchi o‘rin esa yangi o‘simtalar oqibatida yuzaga kelgan (15,5 ming holat) o‘limdir. Qozog‘istonda to‘rtinchi o‘rinda baxtsiz hodisalardan o‘lim — 12,5 ming holat qayd etilgan.
Qirg‘iziston
2017-yilda mamlakatda 33,2 ming kishi vafot etgan. Birinchi o‘rinda boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida bo‘lgani kabi, qon aylanish tizimining kasalliklari — 17,1 ming holat.
Ikkinchi o‘rinda o‘lim o‘simtalar oqibatida yuz bergan (3,9 ming holat). Qirg‘izistonning Milliy statistika boshqarmasi uchinchi o‘ringa — oshqozon-ichak tizimi kasalliklaridan o‘limni (2,1 ming holat) qayd etgan.
Nafas olish organlari kasalliklaridan o‘lim — to‘rtinchi o‘rinda. 2017-yilda ushbu kasalliklardan 1,9 ming kishi vafot etgan.
Tojikiston
2015-yilda respublikada 33,5 ming kishi vafot etgan. Tojikistonliklarning o‘limiga asosiy sabablardan biri ham qon kasalliklaridir — 13,5 ming holat. Ikkinchi o‘ringa esa xavfli o‘simtalar — 2,7 ming holat.
Ovqat hazm qilish tizimi kasalligidan o‘lim uchinchi o‘rinni egallaydi — 1,4 ming.
2015-yilda Tojikistonda baxtsiz hodisalardan 1,3 ming kishi halok bo‘lgan.
O‘zbekiston
2017-yilda respublikada 161,5 ming kishi o‘lgan. Bu yerda ham birinchi o‘rinda qon kasalliklari (96,7 holat) turibdi. Ikkinchi o‘rinda esa o‘simtalardan o‘lim — 15 ming.
Uchinchi o‘rinda — baxtsiz hodisalar (10,4 ming kishi), 9,2 ming kishi oshqozon kasalliklaridan vafot etgan.
Izoh (0)