Brusselning Cercle Royal Gaulois saroyida “Yevrosiyoni birlashtirib — Atlantikadan Tinch okeanigacha” birinchi muloqotining ekspertlar uchrashuvida o‘nlab amaldorlar, iqtisodchilar va siyosatchilar YeOII va Yevropa hamjamiyati hamkorligi istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Ular orasida O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham ishtirok etdi. Aytish joizki, Safoyevning bayonoti uchrashuv moderatori va ishtirokchilarini hayratga solgan. Yevrosiyo hamkorligi mavzusiga u yangi yo‘nalish — Afg‘oniston yo‘nalishini qo‘shgan.
“Biz Yevrosiyo mintaqasi haqida yagona mintaqa sifatida gapirar ekanmiz, bu holda bugungi kunda Yevropada mavjud ko‘plab muammolar manbadan ayro emas. Narkotrafikni oling — Yevropadagi 90% narkotrafikning kelib chiqishi Afg‘onistondan. Birorta davlat bu muammoni mustaqil hal qila olmaydi. Faqat birlashib, umumiy strategiyaga tayangan holda, buni amalga oshirish mumkin. Ammo afsuski umumiy strategiya bizda hozircha yo‘q. Lekin buni amalga oshirish mumkin. Axir narkotiklar — terrorizmni moliyalashtirish, korrupsiya, huquq-tartibot organlarining eroziyasi manbasi. Shu bois, men bugun keltirgan Afg‘oniston misoli, biz hammamiz uchun katta ahamiyatga ega”, — deydi Safoyev.
Uning aytishicha, Afg‘oniston orqali transport koridorning qurilishi ko‘plab muammolarni yechishi mumkin.
“Birinchidan, bu Afg‘onistonni iqtisodiy loyihalarga tranzit hudud sifatida jalb etadi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoga, Yevrosiyo kontinentiga eksport-import oqimini maksimal soddalashtiradi. Agar transafg‘on transport koridori qurilsa, mamlakat ichidagi narxlar va ko‘proq o‘zbek tovarlari chet elda taqdim etiladi. Men faqat O‘zbekiston haqida gapirayapman, ammo bu Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, Rossiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga ham aloqador”, — deydi O‘zbekiston Senati o‘rinbosari.
Safoyevning aniqlik kiritishicha, bugungi kunda O‘zbekistondan tovarlar yaqin portlarga qadar 20—22 kunda yetib bormoqda, Afg‘oniston orqali transport koridori qurilgach esa, yo‘l vaqti 2—3 kungacha qisqaradi.
Izoh (0)