Reuters’ga bergan intervyusida Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Beto O‘Rurk o‘smirlik paytida Amerikaning xakerlar guruhi Cult of the Dead Cow tarkibida bo‘lganini aytdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Lekin siyosatchi birorta kiberhujumlarda ishtirok etganiga dalil yo‘q. Xakerlar oddiy foydalanuvchilarga Windows operatsion tizimida ishlovchi kompyuterga kirishga yordam beradigan vositalarni olishga yordam bergan.
Cult of the Dead Cow a’zolari ularning orasida O‘Rurk ham borligini o‘n yil sir saqlagan. Chunki uning siyosiy mavqeyiga putur yetishini xohlashmagan.
Izoh (0)