Jismoniy imkoniyati cheklangan britaniyalik sobiq dengizchi qayiqda Atlantika okeanini kesib o‘tib, jahon rekordini yangiladi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
“Bu uning qo‘lidan keldi! Li Spenser yolg‘iz o‘zi Atlantikani kesib o‘tib, rekord o‘rnatdi. U Yevropa qit’asidan Janubiy Amerika qit’asiga 36 kunda yetib bordi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, 49 yoshli Spenser 9-yanvar kuni Portugaliyaning Portimau shahridan suzishni boshlagan. Bir necha kundan so‘ng u Kanar orollarida to‘rt kun to‘xtashga majbur bo‘lgan. U yerda navigatsion tizimni sozlagan.
Olti ming kilometr suvni kechib, 36 kunda Janubiy Amerikaga yetib borgan. Shunday qilib u 2002-yilda 96 kunda Atlantikani kechib o‘rnatilgan rekordni yangilagan.
Izoh (0)