Afg‘onistonning markaziy qismida “Tolibon” harakati komandiri o‘ldirildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, komandirning o‘limi Vardak provinsiyasidagi aviazarbadan keyin sodir etilgan.
“Davlat xizmatchilari va tinch aholiga qilingan hujumlar ortida u turibdi”, — deyiladi xabarda.
Vardak provinsiyasi Afg‘onistonning barqaror bo‘lmagan hududi hisoblanadi. 2019-yil yanvar oyida 120 nafar afg‘on xavfsizlik xodimlari harbiy bazaga va Maydan-Vardak provinsiyasidagi politsiya mashg‘ulot markaziga qilingan jangari hujumlar paytida vafot etgan.
Izoh (0)