Hindiston MiG-21 samolyoti bilan Pokistonning F-16 qiruvchi samolyotini urib tushirganini ta’kidlamoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Hind aviatsiyasining vitse-marshali Ravi Gopal Krishan Kapurning aytishicha, hujumdan so‘ng F-16 samolyoti Hindiston nazorati ostidagi Jammu va Kashmir shtatiga qulagan.
“Havo jangida bitta F-16 qiruvchi samolyoti urib tushirildi. Shuningdek, buning natijasida Hindistonning MiG-21 samolyoti ham quladi”, — deydi Kapur.
Vitse-marshal, shuningdek, Hindiston harbiy havo kuchlari samolyotining uchuvchisi katapulta yordamida irg‘ib chiqqanini, ammo Pokiston uni asir olganini ham ta’kidlagan.
Izoh (0)