AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Doval bilan telefon orqali muloqot qildi hamda AQSh Nyu-Dehlining “Jaish-ye-Muhammad” jangarilar guruhiga qarshi choralarni ma’qullashini ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Suhbat 27-fevral kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan. Avvalroq Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan Hindiston va Pokistonni harbiy harakatlardan qochishga chaqirgan.
Izoh (0)