Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “Imom at-Termiziy” jome masjidi madaniy meros tarixiy yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilib, davlat muhofazasiga olingan. Bu haqda “Muslim.uz” xabar berdi.
Masjid 1876-yil Ismoil suvoqchi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan. U avval “Taxtapul” nomi bilan faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 21-aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida bu masjidni rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Qisqa vaqt ichida yangi qiyofaga kirgan masjid 2018-yilning 16-may kuni foydalanishga topshirilgan. Bu yerda mo‘min-musulmonlar ibodat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Uning xonaqohi 1800 kishiga mo‘ljallangan. Masjidda kutubxona, oshxona va bir qancha ma’muriy xonalar mavjud.
Izoh (0)