“Manchester Siti” Puma kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlaganini e’lon qildi.
Nemis brendi Manchester klubidan tashqari Avstraliya, Ispaniya, Urugvay va Xitoy davlatlaridagi City Football Group’ning barcha sho‘ba korxonalari uchun ham texnik homiyga ayalanadi.
Hozirda “Manchester Siti”ning sport ekipirovkalari Nike tomonidan taqdim etib kelinmoqda. Puma bilan tuzilgan shartnoma 2019-yilning 1-iyulidan boshlab kuchga kiradi.
Puma’ning ma’lum qilishicha, bu kompaniya tarixidagi eng katta kelishuv bo‘ladi. Financial Times’ning xabar berishicha, mazkur kelishuvdan “shaharliklar” 10 yil ichida 600 million funtga ega bo‘ladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)