Har yili Tateyama bilan Omati orasida tog‘ ekskursiya yo‘nalishi — “Yaponiya tomi” Xonsyu orollarining diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanadi. Yo‘llarning biri balandligi 15—20 metr keladigan qor “devorlar” bilan o‘ralgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Yo‘nalish sayyohlar uchun ochiq bo‘lgan mavsumda (taxminan aprel oyidan iyunning o‘rtalarigacha) qor devorni ko‘rgani kuniga besh mingga yaqin kishi keladi. Aynan mana shu yo‘nalishga tushish uchun maxsus avtobusga o‘tirish kerak. Ekskursiyaga taxminan 40 dollar ketadi.
TJ sayyohlarning Instagram’ga qo‘ygan rasmlarini jamlagan.
Izoh (0)