O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Akmal Nur (Akmal Nuridinov) 1959-yil Namanganda tavallud topgan. 1978-yili Pavel Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1984-yili Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.
Rassom 1990-yildan buyon O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi.
1997-yili u O‘zbekiston Badiiy akademiyasi eng yosh akademigi sifatida e’tirof etilgan. 2003-yili “O‘zbekiston xalq rassomi” unvoni bilan taqdirlangan.
Izoh (0)