AQSh prezidenti Donald Tramp “Eng yomon aktyor” va “Eng yomon sherik aktyor” nominatsiyalariga loyiq deb topildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Uning nomzodi “Oskar” taqdirlash marosimiga qadar e’lon qilinadi.
Oq Uy rahbari Maykl Mur tomonidan suratga olingan “Farengeyt 11/9” hamda Dinesh D’Souza tomonidan suratga olingan “Millat o‘limi” nomli hujjatli filmlardagi rollari uchun eng yomon aktyor sifatida e’tirof etilgan.
U shuningdek, “Eng yomon sherik aktyor” nominatsiyasini ham qo‘lga kiritgan. “Malina” tashkilotchilarining fikriga ko‘ra, Tramp ekranda “o‘zgarmas maydagap” sherik bo‘ladi.
Izoh (0)