Moldova prezidenti Igor Dodonga anonim xat yozib, unga qarshi uyushtirilayotgan suiqasd haqida xabar berilgan, deya yozadi “Gazeta.ru”.
Avvalroq “Argumenti i fakti v Moldove” nashrida xatning surati bosib chiqarilgan. Moldova prezidentining matbuot kotibi ushbu xabarning to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan.
Xatda amaldagi Demokratik partiyaning yetakchisi Vladimir Plaxotnyuk saylovdan keyin darhol prezidentga suiqasd uyushtirishmoqchi ekani yozilgan.
“Uning asosiy maqsadi bo‘lg‘usi parlamentda sotsialistlar fraksiyasini boshliqsiz qoldirish… keyin esa po‘pisa yordamida sotsialist deputatlarni o‘ziga og‘dirib olish”, — deyiladi xatda.
Ma’lum qilinishicha, xatning nuxsasi AQSh elchisi Derek Xoganga, YeI elchisi Pyotr Mixalkoga hamda Rossiya elchisi Oleg Vasnetsovga yuborilgan.
Izoh (0)