Braziliyaning Wieden+Kennedy São Paulo reklama agentligi o‘zining YouTube kanaliga “sira tugamaydigan” reklama joyladi. Bu haqda The Drum xabar berdi.
Agentlik Old Spice kompaniyasining dezodorantini reklama qilgan. U asosan yangi mahsulotning hidi uzoq vaqt saqlanishini ko‘rsatgan.
Reklama davomida rassomlar, o‘zga sayyoraliklar, brend yuzi bo‘lgan Terri Kryus va uning kichraytirilgan versiyasi qatnashgan. Turli epizodlar birin-ketin o‘tib, “yoqimli hid endi bir umr davom etadi” deya qaytaradi.
Old Spice reklamani “bir umr” ko‘rish mumkin bo‘lgan saytni ishga tushirgan. “Tuganmas” reklama Woohoo telekanalida 14 soat davomida efirga uzatilgan. Bu bilan u televideniye tarixidagi eng uzun reklamaga aylanib, Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=ufkOv-yed_A
Izoh (0)