Hind yarim orolining g‘arbiy qismida joylashgan Kashmirda qor ko‘chikisi bo‘ldi. Natijada 12 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ko‘chki Javahar tunneli va Jammu-Srinagar shossesini qoplagan.
Halok bo‘lganlar orasida besh nafar politsiya xodimi hamda ikki nafar qonunbuzarlar bor. Qidiruv davomida qutqaruvchilar qor ostidan mahalliy aholining jasadlarini ham topgan.
Izoh (0)