Turkiyaning Sardes firmasi Venesueladan Turkiyaga umumiy qiymati 900 million dollar bo‘lgan oltinni eksport qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Kompaniya 2017-yil dekabrda, Venesuela rahbari Nikolas Maduro turk hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning oldiga Anqaraga tashrif buyurganidan keyin ikki oy o‘tgach to‘satdan paydo bo‘lgan.
2018-yil yanvarda kompaniya umumiy qiymati 41 million dollar, fevralda esa 100 million dollar bo‘lgan oltinni olib chiqib ketgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda bu misli ko‘rilmagan hamkorlikdir, deydi agentlik.
Izoh (0)