Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo mamlakatdagi mojaroni tartibga solishda vositachilik qilishini so‘rab Rim papasi Fransiskga murojaat qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Guaydo Rim papasidan Venesueladagi “uzurpatsiya”ni to‘xtatishga hissasini qo‘shishni so‘raganligi ta’kidlanmoqda.
Guaydo, shuningdek, Rim papasiga Venesuelaga tashrif buyurishni taklif qilgan.
Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rim papasidan muxolifat bilan “muloqotni yengillashtirish”da yordam so‘raganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)