Moskvadagi toliblar delegatsiyasi boshlig‘i Muhammad Abbos Stanikzay Afg‘onistonni kuch bilan bosib olish niyatida emasligini aytgan. Bu haqda BBC News xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar mamlakatga “tinchlik keltirmaydi”. Shu bilan birga, toliblar Afg‘onistonda xorijiy qo‘shinlar chiqib ketmagunicha o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilish niyatida emasligini bildirgan.
“Tinchlik urushdan ko‘ra qiyinroq,” — deydi Stanikzay, vaziyatni hal qilish yo‘lidagi urinishlar haqida. U mojaroni to‘xtatishga umid qilmoqda.
Moskvada bo‘lib o‘tgan afg‘onlar forumida delegatsiya rahbari afg‘on ayollari toliblardan qo‘rqmasligi kerakligini aytgan. Chunki ular ayollarga “islom dini va afg‘on madaniyatiga muvofiq” barcha huquqlarni beradi. Xususan, ular maktablarda, universitetlarda o‘qishi va ishlashi mumkinligi ta’kidlangan.
Izoh (0)