• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Milan”ning “la’natlangan” to‘qqizligi. Kshishtof Pyontekka berilmagan raqam haqida

    O‘zining shonli davrlarini qo‘msayotgan “Milan” qishki transferlar vaqtida ikki jiddiy kelishuvni amalga oshirdi. “Rossonerilar” yarim mavsum klubda ijarada bo‘lgan argentinalik hujumchi Gonsalo Iguainni muddatidan avval “Yuventus”ga ravona qildi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, A Seriyada javlon urayotgan “Jenoa” to‘purari Kshishtof Pyontekni safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

    “Milan” polshalik uchun 35 million yevroning bahridan o‘tib, u bilan 2023-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Yangi klubga kelgan Pyontek esa Iguaindan qolgan 9-raqamni olishni xohladi, ammo jamoa rahbariyati bunga rozi bo‘lmadi.

    Pyontek 9-raqamda to‘p surishni xohladi, ammo biz uning erishgan yutug‘ini ko‘zda tutib, 19-raqamni unga berishga qaror qildik. Hozir 19 ta o‘yinda 13 ta gol urgan futbolchi haqida gapiryapmiz. Ushbu muhim transfer o‘zini oqlaydimi yoki yo‘q, bu borada bir to‘xtamga kelishimiz kerak edi. Kshishtof Italiya chempionati to‘p surishi uchun barcha kerakli xususiyatlarga ega. Klub qarorlari jamoaviy tarzda, shu jumladan, bosh murabbiy bilan birgalikda muhokama qilinadi.

    Leonardo, “Milan” sport direktori

    Ehtimol, Pyontekning o‘zi bundan biroz xafa bo‘lgandir. Balki hammasi yaxshilikka bo‘lgandir!? Nima uchun, deysizmi? Gap shundaki, “Milan”da 9-raqam ostida to‘p surgan afsonaviy Filippo Inzagi jamoani tark etgach, ushbu raqamga munosib nomzod chiqmadi. Inzagidan so‘ng klubda 9-raqam ostida 8 nafar  hujumchi harakat qildi, ammo “bevafo to‘qqiz” ularning hech biriga vafo qilmadi. Quyida “Milan”da “la’natlangan raqam” ostida to‘p surib, omadi kelmagan futbolchilar haqida so‘zlashamiz.

    Aleshandre Pato

    “Milan”da 2012/13-yilgi mavsumda 9-raqam ostida o‘ynagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Filippo Inzagi futboldagi faoliyatini tugatgandan so‘ng “to‘qqiz” braziliyalik Patoga meros bo‘lib qoldi. Biroq bu iste’dodli futbolchiga na baxt va na omad keltirdi. 2012/13-yilgi mavsum Aleshandre uchun faoliyatidagi eng omadsiz va muvaffaqiyatsiz davr sifatida yodda qoldi.

    Mavsumning birinchi yarim yilligida Pato atigi 7 ta o‘yinda (barcha musobaqalarda ) maydonga tushdi va bor-yo‘g‘i 2 ta gol urdi, xolos. Patoning “Milan”da o‘tkazgan so‘nggi oylari hujumchi uchun haqiqiy surgun bo‘ldi — u jarohatlar girdobida qolib ketdi. “Milan” esa yanvardayoq Aleshandre bilan xayrlashib qo‘ya qoldi. Pato 15 million yevro evaziga “Korintians” klubiga o‘tdi va Italiya futboliga qaytib qadam bosmadi.

    Alessandro Matri

    2013/14-yilgi mavsumda “Milan” tarkibida 9-raqamda o‘ynadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Keyingi mavsum “rossonerilar” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Yuventus”dan Alessandro Matrini olib keldi. Matri esa 9-raqamli futbolkaning yangi egasiga aylandi. Italiyalik futbolchining o‘yin uslubi bir qarashda Filippo Indzagini eslatardi. U kelgan mavsumining birinchi davrasida A Seriyada 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, atigi bitta golga mualliflik qildi.  Shundan so‘ng yanvar oyida “Fiorentina”ga ijaraga berib yuborildi. Orada bir yana klubga qaytarildi. Biroq hech narsa o‘xshamadi. Keyinchalik futbolchi karyerasi davomida “Jenoa”, “Yuventus”, “Latsio” klublarida to‘p surdi. 2016-yilning yoz oyida Matri erkin agent sifatida “Sassuolo” tarkibiga kelib qo‘shildi va hozir ham ushbu klub sharafini himoya qilmoqda.

    Fernando Torres

    2014/15-yilgi mavsumda “Milan”da 9-raqamda o‘ynagan yana bir futbolchi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ispaniyaning so‘nggi 20 yillikdagi eng yaxshi hujumchilaridan biri katta umidlar bilan “Milan”ga “Chelsi”dan ijaraga olib kelindi. Torres ham Pato va Matri singari 9-raqam ostida maydonga tushdi va klubda faqat 6 oygina o‘ynadi, xolos. Shu vaqt ichida Torres A Seriyada 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasiga bitta gol urdi. Milanlik muxlislarning hafsalasi esa Torresdan allaqachon pir bo‘lib ulgurgandi. Natijada yanvar oyining boshida “Milan” Torresni “Chelsi”dan 3 million yevro evaziga sotib oldi va oradan bir kun o‘tib, London klubi Madridning “Atletiko” jamoasi bilan o‘yinchi almashdi. Fernando Torres Madridga, Alessio Cherchi esa Londonga yo‘l oldi.

    Mattia Destro

    2014/15-yilgi mavsumda Destro ham “Milan” tarkibida 9-raqamda to‘p surdi.

    Foto: Daily Mail

    Foto: Daily Mail

    Torres ketganidan uch hafta o‘tgach, “Milan” “Roma” bilan mavsum oxiriga qadar Mattia Destro ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2013/14-yilgi mavsumni yaxshi o‘tkazgan italiyalik futbolchi 9-raqamli libosni kiydi va barcha mas’uliyatni zimmasiga olib, “la’natlangan” raqam maqomini yengishga bor kuchi bilan harakat qildi.

    Biroq “Milan” tarkibidagi yarim yillik urinishlari zoye ketdi. A Seriyada 15 ta o‘yinda 3 ta gol — hujumchi uchun deyarli natija emas. Bu esa “rossonerilar” rahbariyati yana bir qaror qabul qilishi kerakligini anglatardi. Klub “Roma”dan Mattiani to‘laligicha sotib olishni xohlamadi. 2015-yilning yozida futbolchi uchun “Bolonya” 8,5 million yevro taklif qildi. Rimliklar esa bajonidil rozi bo‘ldi. Shundan so‘ng Destro “qizil-ko‘klar” tarkibiga kelib qo‘shildi.

    Luis Adriano

    2015/16-yilgi mavsumda “Milan”da o‘ynadi va 9-raqamning navbatdagi egasiga aylandi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2014/15-yilgi mavsumda Luis Adriano Chempionlar Ligasida “Shaxtyor” safida 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Natija “Milan” rahbariyatini diqqatini tortmay qolmadi va 2015-yilning yozida braziliyalik o‘yinchini 8 million yevroga sotib oldi. Dastlab Luis Adriano “Milan”da 9-raqam libosini kiydi. Ammo oradan bir yil o‘tib bu raqam omad keltirmasligini hisobga oldi va uni 7-raqamga almashtirdi.Yarim yil ichida Luis Adriano “Milan” tarkibida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Shubhasiz, bu “rossonerilar” uchun yetarli emas edi. Bundan tashqari Italiya nashrlaridan biri La Repubblica 2016-yil yakuniga ko‘ra, Luis Adrianoni mavsumdagi eng yomon transfer deb baholadi. 2017-yilning yanvar oyida “Milan” braziliyalik futbolchini erkin agent sifatida Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tishiga rozi bo‘ldi. Buning ajablanarli joyi yo‘q edi, chunki Italiya klubi 6 ta gol urgan hujumchi uchun katta maosh to‘lashi aqlga sig‘adigan ish emasdi.

    Janluka Lapadula

    2016/17-yilgi mavsumda “Milan”da 9-raqamda o‘ynagan 6-futbolchi bo‘ldi.

    Foto: Squawka

    Foto: Squawka

    2016-yilning yozida “Milan” klubi “Peskara”ning unchalik mashhur bo‘lmagan futbolchisi — Janluka Lapadulani o‘z tarkibiga qo‘shib olib, barchani birdek hayratga soldi. Uning 9-raqam ostida maydonga tushishi esa klub muxlislarini yanada ajablantirdi. Lapadula atigi bir yil “Milan” sharafini himoya qildi (A Seriyada 27 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi). Shundan so‘ng u “Jenoa”ga ijaraga berib yuborildi. Keyinchalik esa genuyaliklar hujumchini 11 million yevro evaziga sotib oldi. Lapadula “Milan”ga kelib, deyarli hech narsa yo‘qotmadi. Birinchidan, klub rahbariyati undan ko‘p narsa talab qilmadi. Ammo baribir Janluka ham 9-raqamning haqiqiy egasiga aylana olmadi.

    Andre Silva

    2017/18-yilgi mavsumda “Milan”da 9-raqamli futbolkani kiygan yana bir futbochi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘z vatanida “ikkinchi Krishtianu Ronaldu” deb ta’riflangan Andre Silvaga “Milan” rahbariyati ham muxlislari ham katta umid bog‘lagan edi. “Milan” 2017-yil yozida Silva uchun “Portu”ga 38 million yevro to‘lagani ham katta umiddan darak edi. Biroq...

    Bir yil davomida Andre Silva A Seriyada “Milan” tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qildi. Bu natija haqida hech narsa deyishga xojat yo‘qligini oddiy futbol muxlisi ham biladi. Shundan so‘ng, “Milan” rahbariyati mavsumni bo‘sh o‘tkazgan portugaliyalik futbolchini Ispaniyaning “Sevilya” klubi tomonidan tushgan taklifiga “labbay” deb javob berdi. U ayni damda Andalusiya klubida ijara asosida to‘p tepmoqda.

     Gonsalo Iguain

    2018/19-yilgi mavsumda “Milan” tarkibida 9-raqamda maydonga tushgan hozircha eng so‘nggi o‘yinchi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Iguainning transferi kutilmagan voqea bo‘lgandi. “Milan” Pipitoni “Yuventus”dan sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga oldi. Argentinalik hujumchi  mavsumni ajoyib o‘tkazishi va ko‘plab gollar bilan muxlislarni xursand qilishi kutilgandi. Ammo buning uddasidan chiqa olmadi va oradan yarim yil o‘tmay unga ham javob berildi. Hujumchi barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta golga mualliflik qildi. Iguainning o‘zida sobiq ustozi boshchilik qilayotgan “Chelsi”ga o‘tish varianti paydo bo‘lganda, uni na Milan, na “Yuventus” qaytara oldi. Iguain “Chelsi”da hozircha yomon boshlamadi. 2 ta o‘yinda 2 ta gol.

    FootballHD’dan Azizbek Nahanov tarjimasi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    05.02.2019, 18:06   Izoh (0)   32513
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy osmonida porlab, hamyonini “qappaytirish”ni ko‘zlagan dunyoning 10 nafar futbol yulduzi haqida

    04.02.2019, 01:22

    Umid Ahmadjonov: “Sherzod Toshmatov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini topshirdi”

    02.02.2019, 12:32

    Rasman: O‘zbekiston boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident saylandi

    02.02.2019, 12:19

    O‘zbek boksida o‘zgarishlar boshlandi: ertaga boks federatsiyasi vitse-prezidenti iste’foga chiqariladi

    01.02.2019, 18:17

    Rasman: Osiyo Kubogi final uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

    30.01.2019, 14:22

    Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatildi

    29.01.2019, 23:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.