Nyu-York prokuraturasi Donald Tramp inauguratsiyasiga sarflangan xarajatlarni tekshiradi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Bu bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi shug‘ullanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, prezident lavozimiga kirish marosimiga 107 million AQSh dollar yig‘ilgan, shundan 104 millioni sarflangan.
Bu Barak Obamaning birinchi inauguratsiyasiga sarflangan mablag‘dan ikki barobar ko‘p.
Izoh (0)