- Rozmarin - u bilan vanna qabul qilish yoki 100 gramm suv va efir moyi bilan aralashtirib, terlaydigan sohalarga surtish mumkin.
2. Fenugreek urug‘i — organizmdan toksinlarni haydab chiqaradi. Qaynab turgan suvga 1 choy qoshiq urug‘ni 6-8 soatga solib, ichish mumkin. Choyga qo‘shib, ichsa ham bo‘ladi.
3. Ko‘k choy — har kuni ichilgan ko‘k choy tana va og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalardan xalos etadi.
4. Dolchin — ovqatga solingan dolchin, og‘iz bo‘shlig‘idagi nohush hidlarni yo‘qotadi.
5. Yalpiz — uni iste’mol qilsa ham, tashqi tarafdan qo‘llasa ham bo‘ladi.
6. Mavrak (shalfey) — qaynatilgan holatda foydalansa ham bo‘ladi, vannaga solsa ham bo‘ladi.
7. Petrushka — salat va ovqatlarga qo‘shib yesa ham, qurigan holatda qaynatib, foydalansa ham bo‘ladi.
8. Bug‘doy gullari — uni xomligicha ham (kuniga 40 gramm), kukun tarzida ham (kuniga 3 gramm) ishlatsa bo‘ladi.
9. Nim barglari (yoki fors meliyasi) — barglarni qaynagan suvga solib, bo‘tqa hosil qilinadi. Keyin esa terlaydigan sohalarga surtib, bir necha daqiqaga qoldiriladi. So‘ng vanna yoki dush qabul qilinadi.
10. Limon va boshqa sitrus mevalar — har kuni ertalab bir stakan limonli suv ichish kifoya (agar oshqozonda muammo bo‘lmasa) yoki 1/2 limonni suvini siqib, terlaydigan sohaga surtib, qurigandan keyin dush qabul qilish kerak.
11. Kokos moyi — yuvingandan so‘ng qo‘ltiq ostiga kuniga 1-2 marta surtib qo‘yish tavsiya etiladi.