Turkiyada “Gitlerning yo‘qolgan floti” haqidagi film premyerasiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu flot Qoradengiz qirg‘og‘ida arxiv hujjatlari asosida topilgan, deya yozadi “EurAsia Daily”.
CNN Turk hujjatli film uchun tizer tayyorlagan.
Telekompaniyaning ta’kidlashicha, o‘n yil avval dengiz muhandisi Selchuk Kolaya 1944-yil sentabr oyida kemalarning suv ostiga cho‘kkan joyini ko‘rsatuvchi hujjatlarni topgan.
Bu halokatga uchragan 30-sonli dengiz osti kemalari komandirining xaritalari edi. Bir necha yil davomida g‘avvoslar ko‘rsatilgan joyga tushgan, biroq u yerni to‘liq videoga olish imkoni bo‘lmayotgan edi.
Yaqinda syomka ishlari nihoyasiga yetgan va tez orada telekompaniya uni film sifatida ko‘rsatmoqchi.
Xususan, qirg‘oqdan ikki kilometr narida U-23 suvosti kemasi topilgan. Yana ikki suvosti kemalari (U-19 и U-20) boshqa joylardan topilgan.
Britaniyaning The Telegraph nashri 30-sonli dengiz osti kemalarini “Gitlerning yo‘qolgan floti” deb atagan.
Suv osti kemalari 1944-yilda Sobiq ittifoq qo‘shinlarining Ruminiyadagi Konstantsa portiga yaqinlashishi tufayli suv ostiga cho‘kkan.
Izoh (0)