2-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 22-tur bahslari doirasida 4 ta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Ernesto Valverde boshqaruvidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Valensiya” bilan bahsga kirishdi.
Bellashuvning 24-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Kevin Gameyro hisobni ochgan bo‘lsa, 32- daqiqaga kelib Daniel Parexo penaltidan Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib hakam tomonidan “Valensiya” darvozasiga ham 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Kataloniyaliklar yetakchisi Leo Messi bundan unumli foydalandi va hisobni qisqartirdi (2:1).
2-bo‘limning 64-daqiqasida esa Lionel Messi Arturo Vidal uzatmasini golga aylantirdi va dublga erishdi (2:2).
Shu tariqa Messi kataloniyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Shu kuni musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan “Sevilya” klubi “Selta” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvdagi yagona gol 73-daqiqada urildi. Unga mezbon jamoa yarim himoyachisi Okay Yokuslu mualliflik qildi (1:0).
Shu tariqa “Sevilya” safarda kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
La Liga
22-tur bahslari
2-fevral, shanba
“Levante”—“Xetafe” 0:0
“Real Sosyedad”—“Atletik Bilbao” 2:1
Gollar: 1:0 — 16 Oyarsabal, 2:0 — 45 Joze, 2:1 — 82 Garsiya.“Barselona”—“Valensiya” 2:2
Gollar: 0:1 — 24 Gameyro, 0:2 — 32 Parexo (penalti), 1:2 — 39 Messi (penalti), 2:2 — 64 Messi.“Selta”—“Sevilya” 1:0
Gol: 1:0 — 73 Yokuslu.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)