30-yanvar kuni amerikalik aktyor Dik Miller 91 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi “MK.ru”.
Xabarda qayd etilishicha, o‘lim tabiiy sabablar tufayli kelib chiqqan bo‘lib, u Toluka-Leykda yaqinlari davrasida vafot etgan.
Aktyorga “Terminator” va “Gremlini” filmlaridagi roli mashhurlik keltirgan.
O‘z ijodi davomida Miller 175 dan ortiq kino va seriallarda suratga tushgan. Televideniyeda esa taxminan ikki ming martta efirga chiqqan.
Izoh (0)