Tilan Blondo 2007-yilda olti yoshida dunyodagi eng chiroyli qizaloq deb tan olingan. Oradan 11 yil o‘tib, u yana bir marta faxriy unvonga sazovor bo‘ldi — bu safar The 100 Most Beautiful Faces of 2018 (2018-yilning eng chiroyli qiyofasi) tanlovida birinchi o‘rinni oldi. Bu haqda Forum Daily Woman xabar berdi.
Ilgari ushbu mukofotni Mishel Pfayffer, Marion Kotiyyar va boshqa yulduzlar olgan.
Tanlovga 1990-yilda Britaniya kino tanqidchisi T. S. Kandler tomonidan asos solingan. Tashkilotchilar turli xil go‘zallik tanlovlari ichida munosib o‘rin egallashidan faxrlanadi. Bu yil g‘oliblar haqidagi videoni ikki kun ichida ikki milliondan ziyod odam ko‘rgan.
Ikkinchi o‘rinni tayvanlik qo‘shiqchi Chjou Tszi-yuy, uchinchi o‘rinni isroillik model Yael Shelbia, to‘rtinchi o‘rinni Amerika-Filippin aktrisasi Liza Soberano egallagan.
Tilan mukofot olganidan quvonib, o‘z minnatdorchiligini bildirgan va “bunga hali ham ishonolmayotganini” qo‘shib qo‘ygan.
Instagram’ga qo‘yilgan video ostida qiz: “O‘zim ham bunga ishonolmayapman, @tccandler va menga ovoz bergan barchaga rahmat,” deb yozib qo‘ygan.
Post 94 mingdan ziyod “like” yig‘gan, foydalanuvchilar Tilanni tabriklab izohlar qoldirgan.
Izoh (0)