Hukumatni ag‘darishga uringanlikda gumonlangan xalq deputati Nadejda Savchenko “Nadejda Savchenkoning ijtimoiy va siyosiy platformasi” partiyasining syezdida Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan. Bu haqda “Bigmir.net” xabar berdi.
“26-yanvar kuni syezd delegatlari Ukrainaning prezidentligi uchun Nadejda nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) topshirish uchun barcha hujjatlar tayyor, faqat badal pulini to‘lashimiz qoldi. Hozir bankdan hisob ochilgani haqida xabar kutyapmiz,” — deydi partiya rahbari, Nadejdaning singlisi Vera Savchenko.
Veraning so‘zlariga ko‘ra, Savchenkoning Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida ishtiroki uchun badal puli partiya a’zolari, uni qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslar, hatto chet eldan, masalan, AQShdan yig‘ilgan.
Savchenkoning tergov jarayoni hali tugamagani va hozirda u hibsda saqlab turilganligi sabab, uning hujjatlarini MSKga u qonunan ishonch bildirgan shaxs topshiradi.
Izoh (0)