Amerikalik diplomatlar yakshanba kunigacha mamlakatni tark etish haqidagi hujjatga imzo qo‘ygan. Bu haqda Moskva Exo xabar qildi.
AQSh elchixonasi Karakasda o‘z ishini davom ettirmoqda. Ammo Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro uni yopishga buyruq bergan.
Avvalroq Maduro Venesuelaning AQSh bilan diplomatik aloqalari buzilganini e’lon qilgan edi. Chunki AQSh Venesueladagi muxolifat kuchlarni qo‘llab-quvvatlagan. Vashington Maduro va uning hokimiyatini tan olmayapti. Vaqtinchalik Prezident deb e’lon qilingan muxolifatchilarning yetakchisi Xuana Guaidoni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Izoh (0)