Malayziya qiroli Muhammad V va rossiyalik Oksana Voyevodinaning munosabatlariga darz ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Taxtdan voz kechgan qirol endi rafiqasi bilan ajrashmoqchi.
Malayziya qiroli va Voyevodina his-tuyg‘ulari “sovub qolgani” va tez-tez janjallashib qolayotgani sabab ajrashishga qaror qilgan. Hozirda tomonlarning vakillari ajrim jarayoni boshlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.
Avvalroq, Muhammad V “Moskva go‘zali”ga uylangach, taxtdan voz kechgani haqida xabar berilgan edi.
Mana shu nikoh uchun 2015-yilning “Moskva go‘zali” unvoni sohibasi Oksana Voyevodina islom dinini qabul qilgan.
Ismini ham Rixanaga o‘zgartirgan edi. Biroz vaqt o‘tib, er-xotinning chaqaloq kutayotgani ma’lum bo‘lgan.
Qirolning yangi turmush o‘rtog‘iga toj kiydirish marosimi boshqa hukmdorlar o‘rtasida norozilik keltirib chiqargan.
Izoh (0)