AQShning shimoli-sharqidagi kuchli sovuq Niagara sharsharasining qisman muzlab qolishiga olib keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, muzlashga shu hududga yopirilgan qor bo‘roni sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 22-yanvar kuni u yerda havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha minus 20 darajagacha pasaygan. Sovuq shamol hududda yana ikki hafta davomida saqlanib turadi.
Sharsharani tomosha qilish uchun kelgan sayyohlar muz bilan qoplangan suvni suratga olmoqda. Ta’kidlanishicha, hozirgi manzara “Muz yurak” filmidagi Elza saroyini eslatmoqda.
Izoh (0)