O‘zbekistonga 100 dona psixofaol dori olib kirayotgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
2019-yil 20-yanvar kuni Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 15-yanvar kuni Toshkent viloyatining Bekobod tuman “Oybek” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi, So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida yashovchi 26 yoshli N.A.ning sumkasidan O‘zbekiston hududida taqiqlangan 100 dona psixafaol dori vositalari topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)