Shimoliy Koreya generali Kim Yen Chxolning Vashingtonga tashrifi davomida ikki davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi fevralning oxirida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu haqda RBK xabar qildi.
Oq Uyning matbuot kotibi Sara Sandersning ma’lum qilishicha, Kim Yen Chxol va Tramp Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Lekin Koreyadan sanksiyalarni olib tashlash haqida hali gap ketmagan.
AQSh va Shimoliy Koreya tarixidagi o‘zaro birinchi sammit 2018-yil 12-iyunda bo‘lib o‘tgan. Tomonlar uchrashuv joyini uzoq muhokama qilib, oxiri Singapurda uchrashishga kelishgan edi. Kongressmen Maykl Makkolning aytishicha, yangi muzokaralar Vyetnamning Xanoy shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Izoh (0)