Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida 2019/2020-o‘quv yilidan O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qildi.
Fakultetning asosiy vazifasi axborot texnologiyalarini dasturiy ta’minlash, mobil tizimlarni dasturlash, sun’iy intellekt sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.
Talabalar to‘lov-kontrakt asosida, faqat rus tilida ta’lim oladi.
Bitiruvchilarga ikki tomonlama tan olinadigan Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari beriladi.
Izoh (0)