“Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Nizomga ko‘ra, dam olish kunlari va bog‘chada ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish xizmatlari, sport, raqs va fan to‘garaklari tashkil qilinadi.
Qo‘shimcha xizmatlarning narxlari bog‘cha rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Bunday guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.
Buning uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tegishli bog‘chaga ariza bilan murojaat qiladi hamda ular o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Guruhlarda bolalarning soni 25 nafardan oshmaydi.
Izoh (0)