Forbes versiyasiga ko‘ra Filippindagi eng boy hisoblangan odam, SM Investments Corporation (SMIC) kompaniyasi raisi Genri Si 19-yanvar kuni 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
“U Filippinda chakana savdo, bank ishi va ko‘chmas mulkning ma’budi edi,” — deydi SMIC boshqaruv raisi Xose Sio ta’ziya bildirar ekan.
2018-yilda Forbes versiyasiga ko‘ra Genri Si Filippinning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinda bo‘lgan. Nashrning hisobiga ko‘ra, uning boyligi $18,3 milliard edi.
Izoh (0)