2018 yil kuz-qish mavsumi davomida 100 dan ortiq holatda Toshkent viloyati hududida yashab kelayotgan fuqarolar tomonidan uylarida issiqxonalar tashkil qilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Toshkent viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialining hisob-kitobiga ko‘ra, huquqbuzarlardan jami 324.207.770 so‘m zarar undirilgan.
Masalan, Toshkent tumanida yashovchi Sh.D tomonidan 36 sotix yer maydoniga issiqxona va 8 sotix yer maydonida tovuqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan holda foydalangan.
Natijada “Toshkenttumangaz” ta’minot uchastkasiga jami 72.744.000 so‘m zarar yetkazilgan. Sh.D zararni to‘liq qoplagani bois, JKning 852-moddasi 6-qismiga asosan javobgarlikdan ozod etilgan.
Izoh (0)