Sayyoradagi eng boy mamlakatning olimlari yana bir bor iqtisod sohasida Nobel mukofotini oldi. Chunki ular insonlarning hayoti har doim va hamma yerda yaxshilanishi uchun harakat qildi. Bu haqda BBC xabar qiladi.
Yel universitetidan amerikalik Uilyam Nordhaus hamda uning vatandoshi, Jahon bankining sobiq bosh iqtisodchisi Pol Romerga 50-yubiley mukofoti topshirildi. Bu mukofot rasman Nobel mukofoti hisoblanmasa ham, lekin xuddi o‘sha marosimda aynan o‘sha qo‘mita tomonidan beriladi.
Ushbu laureatlar o‘nlab yillar davomida global yondashuvni talab qiladigan global muammolarga yondashdi. Shuning uchun ham Shvetsiya Fanlar Akademiyasi ularni Nobel mukofotiga loyiq deb topdi.
Romer va Nordhaus asosiy savolga qarab yana bir qadam tashladi: nima uchun iqtisod o‘sadi? O‘sishni barqarorlashtirish va har tomonlama rivojlantirish uchun nima qilish kerak? Bu esa o‘z navbatida kambag‘allik va tengsizlikka barham beradi.
Romer iqtisodiy o‘sishning asosida texnologik rivojlanish yotadi degan nazariyani ishlab chiqdi. Shuningdek, texnologiya vujudga kelishining eng yaxshi muhiti bozor iqtisodiyoti ekanligini ham isbotlab berdi.
Nordhaus esa issiqxona gazlarining chiqindilari iqtisodiy rivojlanish bilan qanday bog‘langanini tushuntirib berdi. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi oqibatida odamlarning yaxshi hayoti qaydarajada yomonlashishini ham hisoblab ko‘rsatib berdi.
Jahon iqtisodiy o‘sishining jumbog‘i haligacha yechilmagan. Biroq, Romer va Nordhaus jumboqning qismlarini birlashtirib, turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan siyosiy qarorlar uchun ilmiy asos yaratdi.
Romer va Nordhaus iqtisoddagi uzoq muddatli tendensiyalarni o‘rganyapti: bu tendensiyalar qisqa davriy o‘zgarishlarni emas, balki juda uzoq vaqtni talab qiladi. Va ular hukumatga zarardan qochishi uchun siyosatni vaqtida o‘zgartirishga imkon beradigan model yaratadi.
1920-yilda ingliz iqtisodchisi Artur Pigu “Farovonlikning iqtisodiy nazariyasi” asarida “yirtqich” kapitalizm va erkin bozor umumiy boylik va farovonlikning o‘sishi uchun maqbul muhit emasligini yozgan. Barcha moliyaviy muammolar davlat tomonidan tartibga solinishi kerak.
Lekin, kasallikning tashxisini aniqlash va vaqtida e’tibor berilmasa jiddiy kasallikka aylanib ketishi haqida ogohlantirish bir masala. Davolash usullarini aniqlash esa boshqa bir masala. Nordhaus va Romer aynan shu narsadan foydalandi.
Ular o‘z sohasiga qarab alohida ilmiy modellarni yaratdilar. Ushbu ilmiy modellar bozor bilan tartibga solinmaydigan iqtisoddagi kamchiliklarni qanday bartaraf etish, va buning uchun siyosatchilar va mansabdor shaxslarga nima qilish kerakligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishga imkon beradi.
Nordhausning ixtisosligi – iqtisodiyotga zarar keltiradigan va hayot darajasining pasaytirib yuboradigan tabiiy faktorlar. U issiqxonadan chiqayotgan gaz va iqlim o‘zgarishi rivojlanishni qanchalik ortga surishini baholash uchun model yaratdi. Endi bu modellar hamma joyda qo‘llaniladi.
Romer esa aksincha, ijobiy omillarni baholash bilan shug‘ullanadi: u qanday sharoitda yangi g‘oyalar va texnologiyalarning tez-tez paydo bo‘lishi va iqtisodiy o‘sish ular qanday ta’sir qilishiga javob beradi.
Texnologik rivojlanish iqtisodiy o‘sishning manbai sifatida xizmat qilishini 1950-yillarda amerikalik Nobel mukofoti sovrindori Robert Solou aytgan edi. Romer uning nazariyasidagi chala joylarni to‘ldirdi. U nima uchun barcha mamlakatlar ham bir xil foyda ko‘rmasligini tushuntirdi va texnologik yutuqlar bozor iqtisodiyotiga hissa qo‘shishini isbotladi.
Shu bilan birga, u yangi texnologiyalardan nafaqat ularning ishlab chiquvchilari emas, balki hamma foyda ko‘rishini aytdi.
Xususan, yutuqqa erishish uchun moliyaviy kuch kerak. Katta pul esa faqat yirik kompaniyalar va monopoliyalarda bor. Bundan tashqari, asosiy tadqiqotlar foyda keltirmaydi, chunki ular eng yaxshi bozor firmalari emas, balki universitetlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bundan quyidagicha xulosa chiqadi: mutlaqo erkin bozorda texnologik rivojlanish samarasiz bo‘ladi. Uni mamlakat va butun dunyo darajasida tartibga solish kerak. Monopoliyani cheklash, mualliflik huquqlarini himoya qilish, universitetlarning rivojlanishini rag‘batlantirish, tadqiqotlar va rivojlanishga sarmoya kiritganlarga imtiyozlar berish kerak.
Romer g‘oyalar va texnologiyalar yig‘indisiga asoslangan iqtisodiy o‘sishni jismoniy kapitalga asoslangan o‘sishdan ko‘ra barqaror ekanligini isbotladi.
“Rivojlangan iqtisodiyot sarmoya eng maqbul darajada bo‘lganida, ammo aholi ko‘paymagan paytda tez o‘sib boraveradi,” — deydi iqtisodchi Konstantin Sonin o‘z blogida Romerning mukofotiga izoh berar ekan.
Izoh (0)