Sankt-Peterburgda 1987-yilda tug‘ilgan ishsiz o‘zbekistonlik Nevskiy tumanida joylashgan uyning yerto‘lasida o‘z vatandoshini shafqatsizlarcha kaltakladi, deb xabar berdi Sputnik.
Ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan. Unda ko‘krak qafasining yopiq jarohati, burun suyagi sinishi, shishish va yuz jarohatlari aniqlangan.
Politsiyachilar yigitni qo‘lga olgan. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)