25—27-yanvar kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida karate bo‘yicha nufuzli Premyer-Liga musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Bahslarda jahonning 82 mamlakatidan 750 dan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi.
Terma jamoa musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
- -60 kg: Sadriddin Saymatov
- -67 kg: Iqboljon Uzoqov
- -75 kg: Dostonbek Otabolayev
- -50 kg: Bahriniso Babayeva
- -61 kg: Barno Mirzayeva
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)