Kanadaning Monreal shahridagi boshlang‘ich maktabda 35 nafar o‘quvchi va sakkiz nafar maktab xodimi is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi “RBK”.
“Zaharlanganlar orasida olti yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar bor”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, zaharlangan bolalarning to‘qqiz nafari hushidan ketgan, qolganlarda ko‘ngil aynishi, qusish va bosh aylanishi kuzatilgan.
Jabrlanganlarning barchasi shahardagi uch shifoxonaga joylashtirilgan.
Monreal o‘t o‘chirish xizmatining ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hodisaga isitish tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Izoh (0)