13-yanvar kuni Misr parlamenti mamlakatda amaldagi favqulodda holatni ko‘psonli ovozlar bilan yana uch oyga uzaytirdi. Bu haqda “Zakon” xabar berdi.
Uzaytirish haqidagi qaror 15-yanvar kuni tunggi soat 01:00 dan amalga kiradi.
Mamlakatda favqulodda holat prezident tomonidan 2017-yilning aprelida Tant va Iskandariyadagi teraktlardan so‘ng joriy etilgandi.
Ushbu teraktlar oqibatida ellikdan ortiq kishi halok bo‘lgan, yuzdan ortig‘i yaralangan.
Izoh (0)