Muxolifatdagi “Belarus xalq fronti” partiyasi rasmiylarni Rossiya telekanallari translyatsiyasini cheklash, fuqarolarni esa ona tilidan ko‘proq foydalanishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu “axborot xurujlariga qarshi turish” uchun zarurligi ta’kidlangan.
Partiya vakillariga ko‘ra, OAVda oxirgi paytda Rossiya va Belarus ittifoqdosh davlati ko‘p tilga olinmoqda. Shu bois mustaqillikni saqlash qolish uchun respublika fuqarolari belarus tilini mukammal bilishlari, rasmiylar esa uni turmushning turli jabhalarida foydalanish ko‘lamini kengaytirishi lozim.
Izoh (0)