Qo‘shma Shtatlar Prezidenti atrofida Eronga qarshi zarbalar masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Mamlakatning bir qator sobiq va amaldagi mansabdor shaxslarining ma’lum qilishicha, Amerika Milliy Xavfsizlik Kengashi Pentagondan Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan zarbalar ro‘yxatini taqdim etishni so‘ragan.
Ushbu hodisa Bag‘doddagi xorij elchixonalari, jumladan AQSh elchixonasi joylashgan hududdagi portlashlar ortidan sodir bo‘lgan.
Vashington ushbu holatga Eron bilan bog‘liq terrorchilik guruhi aloqador deb hisoblaydi. Ushbu talqin AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton tomonidan ilgari surilgan.
Mazkur holatdan Donald Tramp xabardor yoki yo‘qligi noma’lum. Pentagonga so‘rov murojaati esa idorada ham, Davlat Departamentida ham havotir uyg‘otdi.
Izoh (0)