12-yanvar kuni Nigeriyada benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa sisternali mashina keskin burilishi sababli ag‘darilib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Ag‘darilib ketgan mashinadan oqayotgan yoqilg‘ini yig‘ish uchun odamlar yugurib kelgan, shu paytda o‘t chaqnab, yoqilg‘i yongan va portlash sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)