12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 22-turi doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda APL musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Londonning “Chelsi” klubi o‘z uyida “Nyukasl” jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Pedro Rodriges David Luiz uzatmasini golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (1:0).
1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mehmon jamoa — “Nyukasl” a’zosi Kiran Klark burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni bosh bilan darvozaga kiritdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).
57-daqiqaga kelib, Eden Azarning uzatmasidan so‘ng Villian bir himoyachini aldab o‘tib, g‘alaba goliga mualliflik qildi (2:1).
Shu tariqa “aristokratlar” qiyin kechgan o‘yinda g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
APL
22-tur bahslari
12-yanvar, shanba
“Chelsi” – “Nyukasl” 2:1
Gollar: 1:0 – 9 Rodriges, 1:1 – 40 Klark, 2:1 – 57 Villian.“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, David Luiz, Alonso, Kante, Jorjinyo, Kovachich (Barkli, 63), Pedro Rodriges (Hadson-Odoi, 81), Azar (Jiru, 87), Villian.
“Nyukasl”: Dubravka, Yedlin (Mankilyo, 82), Lejyun, Lassells, Klark, Richi, Peres (Myorfi, 82), Xayden, Atsu,Longstaff, Rondon.
Ogohlantirishlar: Richi (24), Jorjinyo (63).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)