Samarqandda xitoy faylasufi Konfutsiyning haykali o‘rnatiladi, deya “Xalq so‘zi Online” xabar qildi.
Konfutsiy bog‘ida ramziy eshiklar allaqachon mutafakkirning falsafasi dunyosiga mos barpo qilingan. Bog‘ bo‘ylab tomi cherepitsa bilan yopilgan klassik xitoy shiyponlari o‘rnatilgan.
Shuningdek, Xitoydan Samarqandga oyoqchalar va yoritib turadigan chiroqlarga ega bo‘lgan katta gultuvaklar ham olib kelingan.
Haykalning o‘zi hozirda qurilish ishlari ketayotgan bog‘da joylashadi. Tez orada shahar aholisi va mehmonlari uni ko‘rishlari mumkin. Haykalning orqasida Samarqand rassomlari tomonidan tarixiy syujetlar aks ettirilgan katta rasm bo‘ladi.
Izoh (0)